Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 25-iyundagi 409-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 14-martdagi 107-son qaroriga asosan “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi ishga tushirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 24-maydagi PF-76-son farmoni asosida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi nomi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi etib oʻzgartirilgan.