
Naroa — Giga dasturining texnologik yo‘nalishini boshqaradi. Giga — UNICEF va ITU hamkorligidagi tashabbus bo‘lib, 2030-yilgacha har bir maktabni internetga ulashni maqsad qilgan. Ushbu faoliyat doirasida maktablarni tezroq ulanishini taʼminlaydigan turli ochiq manbali yechimlarni ishlab chiqish va mamlakatlarda joriy etish ishlari olib boriladi. UNICEF’ga qo‘shilishidan oldin u Keniyada yashab, turli kompaniyalarda ishlagan: dunyoda qishloq xo‘jaligini tushunish uslubini o‘zgartirishga intilgan startapdan tortib, mahalliy tadbirkorlarni moliyaviy imkoniyatlar orqali qo‘llab-quvvatlagan notijorat tashkilotgacha. Naroa AQShning Stenford Universitetidan Elektr muhandisligi bo‘yicha magistrlik darajasiga, shuningdek, Ispaniyaning Basklar mamlakati universitetidan Telekommunikatsiya muhandisligi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega.