Eksponentlar ro‘yxati
UZINFOCOM

UZINFOCOM — O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat IT-integratori va mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri. To‘liq nomi — “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi”. Kompaniya 2002-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

UZINFOCOM 2003-yilda ICANN bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, O‘zbekistonning yuqori darajadagi milliy .UZ domeni (ccTLD) administratori sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlarini markazsizlashtirish va ushbu sohada raqobat muhitini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

2009-yildan buyon kompaniya elektron hukumatning texnik operatori vazifasini bajarib, davlat portallarini, jumladan my.gov.uz, jamoatchilik fikri portali meningfikrim.uz, Prezident virtual qabulxonasi pm.gov.uz va boshqa tizimlarni texnik qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarorini amalga oshirish doirasida, 2023-yil 1-yanvardan boshlab UZINFOCOM O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali Yagona platformasining “yagona darcha” tamoyili asosida ishlashini ham ta’minlamoqda.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
— dasturiy ta’minot, veb-saytlar va mobil ilovalarni ishlab chiqish;
— IT-konsalting va davlat axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash;
— bulutli va ajratilgan serverlar, bulutli ma’lumotlar bazalari;
— yagona integrator sifatida davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish
Error text