Speaker
Sharof Sharipov
Moliya direktori (CFO)
Sharof Sharipov — TBC’ning O‘zbekistondagi bizneslarini yagona boshqaruv ostida birlashtiruvchi boshqaruv kompaniyasi TBC Digital’ning moliya direktori. U global bank va fintech sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, Virgin Money, UBS Investment Bank va HSBC’da yuqori lavozimlarda, shuningdek, Londonda joylashgan Token va 10x Banking fintech kompaniyalarida bosh direktor va moliya direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Uning ekspertiza yo‘nalishlari aksiyadorlik va qarz kapitali bozorlari, M&A, fintech strategiyasi hamda moliyaviy texnologiyalar biznesini kengaytirishni qamrab oladi.