
Bahodir Husanov — investitsiyalar va biznes-rivojlanish sohasidagi professional bo‘lib, innovatsiyalar, infratuzilma va kapital uyg‘unlashgan tizimlarni yaratishga qiziqadi. U DataVolt kompaniyasida Executive Manager sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya — sun’iy intellektga tayyor, yashil energiyada ishlaydigan gipermasshtab data-markazlarning global developeri hisoblanadi. Baxodir Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli infratuzilma loyihalaridan birini boshqarib, O‘zbekistonni bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va yangi avlod raqamli yechimlari uchun mintaqaviy habga aylantirishni maqsad qiladi. Ilgari u davlat tuzilmalarida faoliyat yuritib, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va energetika hamda geologiya va mineral resurslar sohalarida islohotlarga hissa qo‘shgan. Bahodir International University of Japanda moliya bo‘yicha MBA hamda Westminster International University in Tashkentda iqtisodiyot va moliya bo‘yicha bakalavr darajasiga ega.