
Roman Lavrentiev — Uzum kompaniyasi hammuassisi va operatsion direktori (COO), 17 million faol foydalanuvchiga ega va bozor bahosi $1,5 milliarddan oshgan Fintech va E-commerce ekotizimi. Shuningdek, u @justakindreminder loyihasida investor va boshqaruvchi hamkor bo‘lib, zamonaviy ongli insonlar uchun media platformani rivojlantirmoqda.
10+ yillik IT biznes tajribasiga ega: Rossiyada 4 yil, Keniyada 2 yil va O‘zbekistonda 4 yil faoliyat yuritgan. KapitalBank 🇺🇿 kuzatuv kengashi a’zosi. Oliy Iqtisodiyot Maktabi (HSE), IMISP, Stanford Lead, Skolkovo va Evolyutsiya dasturlarini tamomlagan.
Mutaxassisligi: rivojlanayotgan bozorlar (Fintech, E-commerce, TelCo), raqamli mahsulotlarni yaratish va masshtablash.
Startaplar va o‘sib borayotgan kompaniyalarga sarmoya kiritadi.