Ucell — O‘zbekistondagi yetakchi mobil aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, jismoniy va korporativ mijozlarga keng turdagi telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya zamonaviy mobil tarmoqlar, mobil va uy interneti xizmatlari, 5G texnologiyasiga asoslangan yechimlar, rouming, raqamli servislar hamda korporativ telekommunikatsiya mahsulotlarini rivojlantirmoqda. Shuningdek, Ucell abonentlarga mobil ilova, internet xizmatlari, sodiqlik dasturlari hamda turli qurilmalar va gadjetlarning keng tanlovini taklif etadi. 2026 yilda Ucell o‘z faoliyatining 30 yilligini nishonlamoqda. Kompaniya O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda muloqot, ish, biznes va kundalik hayot uchun qulay yechimlar yaratishda davom etmoqda.