REVO — 2020-yilda tashkil etilgan, yuqori texnologik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan O‘zbekiston IT kompaniyasi. Kompaniyada 40 nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadi. REVO faoliyati fintex, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli xizmatlar, innovatsiyalar va media yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jamoa O‘zbekiston bozori bilan bir qatorda AQSh va Yevropadagi mijozlar bilan ishlash tajribasiga ega. REVO ekotizimidagi asosiy mahsulotlardan yana biri — Avtomato.uz. Bu biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishga mo‘ljallangan SaaS platforma bo‘lib, nasiya savdoni boshqarish, mijozlarni skoring qilish, ombor hisobini yuritish, POS tizimlari, xodimlarni boshqarish hamda marketing jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Bugungi kunda Avtomato.uz’dan 100 dan ortiq korporativ mijoz foydalanmoqda. Loyihaga Imkon Ventures tomonidan 100 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. 2026-yil yakuniga qadar platforma mijozlari sonini 500 tadan oshirish va turli biznes yo‘nalishlari uchun yangi maxsus yechimlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Yo‘ldoshboy Sultonovning dasturiy arxitektura va texnologik boshqaruvdagi tajribasi Avtomato.uz’ning texnologik rivojlanishi hamda uzoq muddatli biznes strategiyasini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
REVO faoliyati faqat fintex va biznes avtomatlashtirish bilan cheklanmaydi. VoyageSIM va ParvozSIM loyihalari sayohat, aviatsiya va telekommunikatsiya sohalarida raqamli xizmatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, kompaniya yangi g‘oyalar va texnologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida REVO Lab ekotizikmini rivojlantirmoqda. REVO Lab innovatsion loyihalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli g‘oyalarni texnologik mahsulotga aylantirish hamda ularning rivojlanishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan.
Texnologik yo‘nalishlar bilan bir qatorda kompaniya faoliyatida media sohasi ham yangi bosqichga chiqdi. Shu maqsadda REVO Media tashkil etildi. Yangi media yo‘nalishi zamonaviy va sifatli kontent ishlab chiqarish, biznes, tadbirkorlik, texnologiyalar hamda jamiyat uchun dolzarb mavzularni keng auditoriyaga yetkazishga qaratilgan.
REVO Media doirasida podkastlar, intervyular, ijtimoiy va ko‘ngilochar kontentlar hamda turli media loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu yo‘nalish kompaniyaning texnologik tajribasini kreativ yondashuv va zamonaviy media imkoniyatlari bilan birlashtirib, REVO faoliyatining yangi va istiqbolli tarmog‘iga aylanmoqda.
Kelgusida REVO Media faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida REVO TV raqamli media platformasini rivojlantirish ham rejalashtirilgan. Platforma turli formatdagi multimedia mahsulotlarini yaratish, boshqarish va keng auditoriyaga yetkazish uchun yagona raqamli maydon bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
REVO’ning istiqboldagi eng innovatsion tashabbuslaridan biri — REVO Speaker. Loyiha sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan, o‘zbek tilida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda tabiiy muloqot qila oladigan milliy ovozli assistent va aqlli kolonka yaratishni nazarda tutadi. Ushbu tashabbus orqali kompaniya o‘zbek tilidagi zamonaviy ovozli texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.