Markaz oliy, kasbiy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida axborot tizimlarini yaratish, maʼlumotlar infratuzilmasi va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha yagona integrator sifatida faoliyat yuritadi.
Mavjud axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari asosida integratsiya qilish orqali xavfsiz, barqaror va markazlashgan maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan yagona raqamli taʼlim ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish.
Taʼlim sohasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, avtomatlashtirish va ularning sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar va platformalarni ishlab chiqish.
Taʼlim jarayonlari va boshqaruv qarorlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va kengaytirish.
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari bilan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqish, joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaviy munosabatlarni amalga oshirish.
Taʼlim sohasida maʼlumotlarni boshqarish, tahlil qilish va ular asosida qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi yagona analitik muhitni shakllantirish.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq holda raqamli infratuzilmani muhofaza qilish.
Normativ-metodik hujjatlar
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasida normativ-huquqiy, metodik va texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.