Startup
FOM Group
FOM Group farmatsevtika sohasi uchun IT-mahsulotlar ekotizimini yaratmoqda.
Ekotizim tarkibiga dorixonalarni avtomatlashtirish uchun F-Pharmacy, distribyutorlar va dorixonalarni bog‘lovchi marketplace — F-Summary, dori-darmonlarni izlash va buyurtma qilish uchun ArzonApteka, shuningdek, prognozlash modellari va bozor tahlilini taqdim etuvchi DATFO analitik platformasi kiradi.
FOM Group O‘zbekiston bozorida yetakchi kompaniya bo‘lib, 7 000 dan ortiq dorixona (bozorning 60 foizi) va 3 million foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek, 200 dan ortiq dorixona mijozlarini qo‘llab-quvvatlaydi.