Eksponentlar ro‘yxati
Beeline Uzbekistan

Unitel MChJ 2006-yil 12-sentabrdan buyon Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. Kompaniya 2024 va 2025-yillarda Top Employer maqomiga ega bo‘lgan.

VEON — 150 milliondan ortiq aloqa xizmatlari foydalanuvchilariga hamda oyiga qariyb 120 million faol foydalanuvchiga raqamli xizmatlar taqdim etuvchi xalqaro raqamli operator. Dunyo aholisining 6 foizdan ortig‘i istiqomat qiladigan beshta mamlakatda faoliyat yurituvchi VEON insonlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi texnologiyalar orqali hayotni o‘zgartirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Dubayda joylashgan, aksiyalari esa NASDAQ fond birjasida kotirovka qilinadi.

Beeline Uzbekistan kompaniyasida 2 000 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. VEON 2006-yilda O‘zbekiston bozoriga kirganidan buyon mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,6 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritgan. O‘zbekistonda Beeline brendi ostidagi faoliyati davomida qariyb 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida soliqlar to‘langan.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish
Error text