“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” aksiyadorlik jamiyati (Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 2022-yil 7-dekabrda berilgan №052366-sonli litsenziya) 1996-yildan buyon O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat yuritib, sug‘urta munosabatlari va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniya O‘zbekistonning yetakchi sug‘urta kompaniyalari qatoridan mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, respublika bo‘ylab 33 ta filial va 67 ta bo‘limga ega. Kompaniya xizmatlarining ishonchliligi “STANDARD AND SENSITIVE RATINGS” reyting kompaniyasi tomonidan berilgan yuqori moliyaviy barqarorlikni anglatuvchi “uzAAA” reytingi bilan tasdiqlangan. 2025-yilda xalqaro “Moody’s Ratings” agentligi ham kompaniyaga B2 darajasidagi moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan berdi. Bu kompaniyaning xalqaro bozordagi yuqori ishonchliligini tasdiqlaydi.